“Bavariya” jamoasi yarim professional “Rottax-Egern” klubiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi, deb xabar qilmoqda Soccer.ru nashri.
Match 20:2 hisobida myunxenliklarning foydasiga hal bo`lgan. Xet-trikka Kingsli Koman, Robert Levandovski, Sandro Vagner va Maksimilian Frantskelar erishgan bo`lsa, Tomas Myuller va Xames Rodrigeslar dublni qayd etishdi, qolaversa, Yezua Kimmix, Frank Riberi, Sebastyan Rudi va Tyago Alkantaralar ham bittadan gol urishdi.






