AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP faollari kosonsoylik Zulfiya Qosimovaga limonariya tashkil etishda ko`maklashadi

'O‘zLiDeP faollari kosonsoylik Zulfiya Qosimovaga limonariya tashkil etishda ko`maklashadi'ning rasmi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo`lmoqda.

O‘zLiDeP faollari tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari Kosonsoy tumanidagi “Chindovul” MFY aholisi bilan uchrashib, hududdagi muammo va takliflarni atroflicha o`rgandi.

Ishchi guruh vakillari ikki kun mobaynida mazkur hududda yashovchi 70 dan ortiq aholi bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdi.

Uchrashuvlarda “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi to`g`risidagi eng muhim ma`lumotlar aniq va sodda tilda tushuntirib berildi va aholining muammolari o`rganildi.

Mahalla ahli bilan suhbatlashganimizda mamlakatizda olib borilayotgan bugungi islohotlardan minnatdor ekanligini his etdik. Hudud aholisi bugungi kunidan mamnun, shukronalik kayfiyatida bo`lib, aholi o`z tomorqasidan har bir qarich erdan samarali foydalanayotgani guvohi bo`ldik.

Zulfiya Qosimova ana shunday serg`ayrat, shijoatkor yurtdoshlarimizdan biridir. Zulfiya opa ikkinchi guruh nogironi bo`lishiga qaramay xonadonida 3 ta issiqxona tashkil etib, gul, pomidor, bodring, malina etishtirishni yo`lga qo`ygan. Tomorqasidan yiliga 20 million atrofida daromad oladi.

- Yurtboshimiz ta`kidlaganidek, oilamiz ichki imkoniyatlaridan foydalanib daromad topyapmiz, - deydi Z. Qosimova. - Mehnat qilish orqali kasalligimni unutaman, ham oilam ro`zg`origa baraka kiradi. Mana bugun partiya faollari bilan hamsuhbat bo`lib, faoliyatimni yanada kengaytirish istagi paydo bo`ldi. Tomorqamdagi 2 sotix maydonda limonariya tashkil etishni rejalashtiryapman.

Bu borada O‘zLiDeP faollari Z.Qosimovaga issiqxona tashkil qilishda yaqindan ko`maklashadigan bo`ldi.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan hudiu shu kabi issiqxona qurmoqchi bo`lgan tomorqa er egalarining 20 nafariga O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi qoshida tashkil etilgan Jamg`arma hisobidan kredit ajratib berishda ko`maklashadigan bo`ldi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

    Boshqa yangiliklar