Jizzax shahrida shu yil 11 avgust kuni noma`lum shaxslar Obod mahallasida joylashgan “Asr” qaxvaxonasi oldida O`.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi yukxonasidan 2 mln. 400 ming so`m puli, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlarini o`g`irlab ketganlar.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.Saydullaev ko`chasida yashovchi, Jizzax transport sanoat kasb-hunar kolleji 2-bosqich o`quvchisi I.A. va Farg`ona ko`chasida yashovchi, Toshkent temir yo`llari kasb-hunar kolleji 3-bosqich o`quvchisi, Sh.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.