1

Firibgarga aylangan hamshiraga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

Jinoyat 16.08.2018, 10:17
Firibgarga aylangan hamshiraga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

Fuqaro N.A. muqaddam 3 marotbata firibgarlik va pora berishda ishtirok etish jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanib, bundan o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug`ruqxona bo`limida fizioterapiya hamshirasi vazifasida ishlab kelib, 2018 yil 26 fevral kuni xavfli residivist bo`lgan holda tug`ruqxona bo`limida hamshira vazifasida ishlovchi Z.Qning 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Z.Qga 200 AQSh dollari miqdorida pora bersa, ushbu pullarni Quva tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga berib, uni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Quva filialiga 0,5 stavkaga hamshira vazifasiga ishga o`tkazib qo`yishini aytib ishontirib, Z.Qni pora berishga dalolat qilgan.

2018 yil 27 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda N.A o`z xizmat xonasida Z.Qdan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

N.Aga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Quva tuman sudi raisi B.Vaxobov tomonidan Quva tuman tibbiyot birlashmasi binosida sayyor sud majlisida ko`rib chiqilib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1