AsosiySport

Osiyo o`yinlari. Bugun futbolchilarimiz Qatarga qarshi bahs olib boradilar

'Osiyo o`yinlari. Bugun futbolchilarimiz Qatarga qarshi bahs olib boradilar'ning rasmi

Indoneziyada XVIII Osiyo o`yinlarining futbol bo`yicha bahslari boshlanib ketgan.

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o`yinlarining birinchi turida Bangladesh terma jamoasiga qarshi o`yin o`tkazib, yirik 3:0 hisobida g`alaba qozongandi.

Futbolchilarimiz bugun ikkinchi tur doirasida Qatar terma jamoasi a`zolariga qarshi bahs yuritadilar.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Bagordagi «Pakansari» stadionida boshlanadi.

Osiyo o`yinlari. «B» guruhi
Jakarta. Bagor. «Pakansari» stadioni. 17:00
Qatar – O`zbekiston

Guruhdagi ikkinchi o`yin esa Bangladesh va Tayland terma jamoalari o`rtasida kechadi.

    Boshqa yangiliklar