AsosiySiyosat

Emomali Rahmonning davlat tashrifini keng yoritish uchun matbuot markazi tashkil etildi

'Emomali Rahmonning davlat tashrifini keng yoritish uchun matbuot markazi tashkil etildi'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning davlat tashrifini har tomonlama keng yoritilishi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan matbuot markazi tashkil etildi. Bu haqda Prezident matuot kotibi Komil Allamjonov facebook‘dagi sahifasida ma`lum qildi.

Media maydonda televidenie, radio va bosma OAV vakillari, blogerlar to`g`ridan-to`g`ri uzatishlarni kuzatmoqda va reportaj tayyorlamoqdalar.

Matbuot markaziga ekspertlar - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti markazi rahbari Baxtiyor Mustafoev va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti bo`lim rahbari Bahrom Sotiboldiev taklif qilingan.

    Boshqa yangiliklar