Gollandiya kubogining 1/128 finalining “Stapxorst” va GOES jamoalari o`rtasidagi matchda fantom gol qayd etildi, deya xabar berdi News.day.az nashri.
O`yin 4:0 hisobida “Stapxorsta” hisobiga hal bo`lgan. Futbolchilardan biri raqib darvozasiga g`alati gol urdi. To`p tashqari tomondan teshik orqali darvozaga kiritilgan. Bosh sudya yordamchilari bilan kelishgan holda ushbu holatni gol hisoblagan.






