AsosiyJinoyat

Tuman xalq ta`limi bo`limi boshlig`i pora bilan ushlandi

'Tuman xalq ta`limi bo`limi boshlig`i pora bilan ushlandi'ning rasmi

Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Taxiatosh tumani xalq ta`limi bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchi M. fuqaro P.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Taxiatosh tumanidagi 1-sonli maktabga o`qituvchi lavozimiga ishga kiritib qo`yishi evaziga undan 200 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar