1

Toshkentda ayolning yuziga kislota sepib yuborgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 29.08.2018, 15:36
Toshkentda ayolning yuziga kislota sepib yuborgan shaxslar qo`lga olindi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida shu yil 29 iyun kuni noma`lum shaxslar Chilonzor 11-dahasida bezorilik oqibatida L.K. ismli ayolning yuziga kislota suyuqligini sepib yuborib, jarohat etkazib, voqea joyidan yashiringan, L.K. esa kasalxonaga yotqizilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi N.A., Sh.N., D.A. va H.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olingan.

Ayolning yuzini kislota bilan jarohatlagan shaxslar qonun oldida qilmishi uchun javob beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1