AsosiyJamiyat

Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar TIV rahbarlari uchrashishdi

26 sentyabr kuni Nyu-York shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Muvofiqlashtiruvchi uchrashuvida ishtirok etdi.

O`zbekiston delegasiyasi rahbarining chiqishida davlatimizning IHTdagi ishtirokining ustuvor yo`nalishlari ko`rsatib o`tildi hamda 2016-yil Tashqi ishlar vazirlarining Islom konferensiyasi 43-sessiyasini O`zbekistonda o`tkazilishi tasdiqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar beradi.

Shu kunning o`zida IHT Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan ikki tomonlama uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda O`zbekiston va islom dunyosining 57 davlatini birlashtiruvchi tashkilot o`rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar