“Moskva – Dushanbe” parvozini amalga oshirayotgan Ural avialiniyalari kompaniyasigaqarashli bo`lgan samolyot osmonga ko`tarilganidan so`ng aeroportga qaytishga majbur bo`ldi, deb xabar Sputnik.
Kecha, 29 avgust, chorshanba kuni soat 19:15 lar atrofida, Moskvadan Dushanbega parvoz qilayotgan samolyot bortida yo`lovchilardan biri, o`zini tutish qoidalarini buzgan, unga tanbeh bergan styuardessaning yuziga musht tushirgan. Shundan so`ng styuartlar va kema kapitani yo`lovchini tinchlantirmoqchi bo`lishgan. Qoidabuzar samolyotni portlatish bilan po`pisa qilganidan so`ng, kema kapitani samolyotni Jukovskiy aeroportiga qaytarishga qaror qilgan.
25 yoshli yo`lovchi bilan bo`lib o`tgan janjal oqibatida styuardessalardan birining yuzi jarohat olgan. Aeroportda Tojikiston fuqarosi alkogol va narkotik moddalarga tekshiruvdan o`tkazishdan bosh tortgan. Ayni damda Rossiya Tergov qo`mitasining transportdagi qoidabuzarliklar bo`limi uni hibsga olishni so`ramoqda.
Eslatib o`tamiz, samolyot bortida kema kapitani eng katta vakolatga ega bo`lga shaxs hisoblanadi. Barcha fuqarolar va xizmat ko`rsatuvchi personal kapitanning buyuruqlarini bajarishi shart.
Yo`lovchilar parvoz xavfsizligiga tahdid qiluvchi hamda o`zga yo`lovchilarga xalal beruvchi vaziyatlar yaratishi, mast holda samolyotga kirishi, o`zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi qat`iyan ta`qiqlanadi.
Ushbu qodialarni buzgan fuqarolar Rossiya Ma`muriy qonunbuzarlik kodeksi hamda 336-Federal Qonuniga asosan 2000 – 5000 rublgacha jarimaga tortilishi, 15 sutkagacha qamoqqa olinishi hamda yo`lovchi va aviakompaniyaga etkazilgan zararni qoplashi kerak bo`ladi.
Yuqoridagi vaziyatda, samolyotning rejalashtirilmagan qo`nishi va uchishi uchun aviakompaniya albatta katta zarar ko`radi. Odatda bunday zarar miqdori (aeroportga qarab) 200–300 ming rublni tashkil qiladi.






