O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e`lon qilindi.
Farmonga muvofiq, mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma`naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog`lom va barkamol etib voyaga etkazishga qo`shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslarini, zamonaviy kasb-hunarlarni o`rgatishdagi jonkuyarligi, ta`lim-tarbiya tizimidagi ko`p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhiga faxriy unvonlar beriladi.
Faxriy unvonlar bilan mukofotlanganlar ro`yxati bilan qo`yidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.





