Xitoyda Pekindan Makaoga parvozni amalga oshirayotgan samolyot texnik nosozlik tufayli favqulodda qo`nishni amalga oshirdi, deya xabar berdi Moya-planeta.ru nashri.
Uchuvchi laynerni Guandong provinsiyasiga deyarli qulash holatida qo`ndirgan. Uning bortida bo`lgan yo`lovchilar evakuvasiya qilingan. Voqea tufayli 5 kishi jiddiy jarohat olgan. Mazkur holat sabab 161 ta ichki va tashqi reyslar bekor qilindi.






