Boykal orti o`lkasidagi do`konlardan birida g`aroyib voqea sodir bo`ldi, deb xabar qildi Layf nashri.
Chita shahridagi do`konlardan biriga qo`lida to`pponcha va granataga o`xshash predmetlar bilan kirib, sotuvchidan pul talab qilgan. Ammo shunga qaramay, sotuvchi va xaridorlar vahimaga tushmasdan oldi-berdini davom ettiraverishgan.
O`zidan hech kim qo`rqmayotganini ko`rgan bosqinchi astagina “quyonni surib qolgan”.






