1

Akmal Nur: Ko`ngillardan san`at ruhi ketmasin!

Madaniyat 31.08.2018, 18:40
Akmal  Nur: Ko`ngillardan san`at ruhi ketmasin!

Bayram tabrigi

— Yosh tasviriy san`at iqtidorlilarni tanlab olishda bu yil ijodiy yo`nalishdagi oliygohlarda faqat ijodiy imtihonlar bo`ldi. Shu qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutida ham test bo`lmadi. O`ylaymanki, tabiatan iste`dodlilar tanlab olindi.

Nasib etsa, mevasini sentyabrda yangi o`quv yilida kuzatamiz. Tasviriy san`atning o`quv sistemasida katta ijobiy o`zgarishni ko`rish mumkin. Rassomlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning esa cheki yo`q. Xursand bo`lganim, ijodkorlar faoliyatidagi xalqaro munosabatlarga “yashil chiroq” yondi. Tasviriy olam kishilari o`z atrofida aylanmasdan, jahonga chiqishi ularni ancha sayqallaydi. Ushbu xurriyat zamonidagi tarixiy sana - 27 yoshni qarshi olayotganimiz onlarida polotnodagi ko`rinish yorug`, sof, musaffodir.

Mustaqillik yillar taqvimida 27-muhim sana rivojlanishning “Oltin davr”ini tasvirlamoqda. Bu dunyo o`tkinchiligini bilgan holda abadiyatga daxldor darajada elimizga xizmat qilish burchimizdir. Niyatim, diyorimizning ma`naviyati va ma`rifati yuksaklarga ko`tarilsin. Doim ko`ngillarda beg`ubor, bokira san`at ruhi bo`lishining tilakdoshiman. Jonajon O`zbekiston aholisini ulug` kun bilan muborakbod etaman!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1