Rossiya kommunal xizmati xodimlari tomonidan “Lujniki” Olimpiya majmuasi hududida o`tkazilayotgan qazish ishlari vaqtida Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli portlamay qolgan snaryad topildi, deb xabar berdi Segodnya nashri.
Jangovor snaryadni xavfsiz joyga olib borib, yo`q qilish rejalashtirildi. Hozirda snaryad topilgan joy polisiyachilar tomonidan o`rab olinib, xavfsizlik choralari ko`rilmoqda.






