Isroilning G`arbiy Nil hududida ikki kishi bezgak kasalidan vafot etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
2018 yil boshidan beri mamlakatda 68 nafar odam mazkur kasallikdan olamdan o`tgan.
Manbaning ma`lumot berishicha bezgak kasalligi Serbiya, Italiya, Gresiya, Vengriya va Ruminiyada ham qayd etilgan. Virusni yuqtirgan 80 % odam uning belgilarini sezmasligi mumkin.
Bezgak tarqalishiga chivin chaqishi sabab bo`ladi. Virus oqibatida markaziy asab tizimi zararlanib, ensefalit, meningit, falajlik yuzaga keladi. Agar vaqtida shifokorlarga murojaat qilinsa, ko`ngilsiz hodisalarning oldi olinadi.






