AsosiyDunyo

Paromdan tushib qolgan shirakayf yaponiyalik kimsasiz orolga borib qoldi

'Paromdan tushib qolgan shirakayf yaponiyalik kimsasiz orolga borib qoldi'ning rasmi

Yaponiyada shirakayf ahvolda paromga chiqqan yo`lovchi telefoniga ovora bo`lib, suvga tushib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Shundan keyin erkak yaqin o`rtada joylashgan kimsasiz orolga suzib borib, yordam kutishga majbur bo`lgan.

Voqea Fukuoka shahar portidan Shikanoshima oroli tomon yo`lga chiqqan paromda ro`y bergan. Yo`lovchilar orasida bo`lgan 53 yoshli biznesmen Xizateru Soedzima safarning 20 daqiqasida palubaga chiqib, quyoshning botishini suratga olmoqchi bo`lgan. Bungacha u bir necha qadah spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Uning butun diqqati telefonda bo`lgani bois suvga tashib ketgan.

Soedzima sovuq suvda o`ziga kelgan va mayoq tomon suzib, Xashima oroliga etib kelgan. U charchaganidan bir sutka qum ustida yotgan. Ertasi kuni uni qayiqda suzib o`tayotgan baliqchilar qutqargan.

    Boshqa yangiliklar