AsosiyDunyo

Rossiyada bashoratchi mushuk besh million rublga baholandi

'Rossiyada bashoratchi mushuk besh million rublga baholandi 'ning rasmi

Avito saytida Britaniya nasliga mansub bo`lgan, go`yoki bashoratchi bo`lgan mushuk sotilishi haqida e`lon paydo bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bunday noyob mushukni kemerovolik sotuvchi besh million rubl deb baholagan. E`londa mushuk xonadonda ruhlar, yovuzlar kuchlar borligini aniqlash xususiyatiga ega, tajribali ekstrasens yordamida narigi dunyo bilan aloqaga chiqa oladi , deb ta`riflangan.

Mushuk egasining ma`lum qilishicha, u mushukning noyob qobiliyatini uy sotib olganda sezgan. Yangi uyga qo`yib yuborilgan mushuk ichkariga kirishni istamagan. Keyinchalik aniqlanishicha, mazkur uyda yomon ishlar bilan shug`ullangan qariya yashagan.

U xaridorlarning e`tiborini tortish uchun mushukni qimmat baholaganini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar