AsosiyJinoyat

Toshkentda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga tan jarohati etkazdi

'Toshkentda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga tan jarohati etkazdi'ning rasmi

31 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi D.G. uyida janjal qilayotganligi haqidagi xabarga asosan voqea joyiga uch nafar tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari etib kelgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilishicha, boshqarma xodimlari fuqaro D.G.ni tartibga chaqirgan vaqtlarida u uyidan pichoq olib chiqqan va xodimlarni o`ldirish bilan qo`rqitib, ularga faol qarshilik ko`rsatgan. Shuningdek, u xodimlardan birining yuziga qo`llari bilan urib jarohat etkazgan.

    Boshqa yangiliklar