1

11-sinf o`quvchisi o`z maktabdoshiga pichoq bilan jarohat etkazdi

Jinoyat 03.09.2018, 14:32
11-sinf o`quvchisi o`z maktabdoshiga pichoq bilan jarohat etkazdi

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi 6-sonli o`rta maktab o`quvchilari o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Bekobod shahrida yashovchi 11-sinf o`quvchisi T.B. Me`morlar ko`chasida joylashgan “Dildora” to`yxonasi orqa tomonida o`zaro janjal tufayli shu o`rta maktabning 10-sinf o`quvchisi I.Sh.ga pichoq bilan jarohat etkazgan.

Natijada I.Sh. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. T.B. qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1