AsosiyJinoyat

5 mln 300 ming AQSh dollarni chegaradan olib o`tayotgan kurerlar qo`lga olindi (video)

'5 mln 300 ming AQSh dollarni chegaradan olib o`tayotgan kurerlar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Mamlakatimiz Prezidentning 2017 yil 2 sentyabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida"gi farmoni ijrosi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el valyutasi bilan noqonuniy operasiyalarni amalga oshirishni va noqonuniy pul o`tkazmalarini bartaraf etish bo`yicha izchil ishlar davom ettirilyapti.

Xususan, joriy yilning 27 avgustidan 28 avgustiga o`tar kechasi DXX tezkor xodimlari tomonidan noqonuniy pul olib chiqib ketish kanallarini to`xtatish maqsadida tezkor tadbir o`tkazildi.

Natijada, Yangiqo`rg`on tumani Gaznon aholi punktining O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegara oldi hududida "Kobalt" va "Lasetti" avtomashinalariga yuklangan yirik miqdordagi xorijiy valyutani Qirg`izistonga noqonuniy olib o`tishni rejalashtirgan uyushgan jinoiy guruh qo`lga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, ushlab qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori qariyb 5 mln 300 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Bu pullar Toshkent shahri, Qo`qon shahri va Namangan viloyatida ish olib boruvchi yashirin iqtisodiyot vakillariga tegishli bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tergov bo`limi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“O`zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan lavhani e`tiboringizga havola etamiz.

Boshqa yangiliklar