Venesuela hukumati yoqilg`i uchun yangi to`lov tizimini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Layf nashri.
Endi chegara hududlarida to`lov uchun yangi elektron qurilma o`rnatiladi. Prezident Nikolas Maduro dunyodagi eng past yoqilg`i narxini joriy etish orqali haydovchilarga subsidiya tizimini qo`llash kerakligini ta`kidlagan. Bu yo`l bilan kontrabandaga qarshi kurashish ham mumkin.






