Boliviyada iqlim o`zgarishi bilan bog`liq muammolar kuzatilmoqda, deya xabar qildi Report nashri.
Mamlakatning g`arbiy hududlarida davom etayotgan qurg`oqchilik mahalliy aholini qiyin ahvolga solmoqda. Odamlar chorvalari hamda ekinlari nobud bo`layotganidan tashvishda. Ko`llardagi mavjud suvlar ham ifloslanib bormoqda.
– Ko`rib turganingizdek, atrofda birorta qush ham, baliq ham yo`q. Hammasi qirilib ketmoqda.Suvsizlik 2014 yildan buyon davom etmoqda, – deydi Boliviya meteorologiya xodimlaridan biri.






