1

Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi

Madaniyat 05.09.2018, 17:50
Teglar: Maqom-2018
Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi o`z faoliyatini boshladi

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga binoan 2018 yilning 6-10 sentyabr kunlari YuNESKO shafeligida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladi.

Ushbu xalqaro anjumanda 75 ta davlatdan 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etish niyatini bildirgan.

Shuningdek, mazkur nufuzli tadbir tafsilotlarini chet mamlakatlar va yurtimizda keng yoritish uchun 40 dan ortiq xorijiy va 100 ga yaqin mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditasiyadan o`tkazilgan. Bu esa mazkur tadbir dovrug`ining butun dunyoga taralishidan darak beradi.

Mahalliy hamda chet ellik jurnalistlarning faoliyat ko`rsatishlari, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonida bo`lib o`tadigan anjuman va mazkur anjuman doirasida o`tkaziladigan turli tadbirlardan tezkor materiallar tayyorlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ularga anjuman haqida ma`lumotlar, videomateriallarni taqdim etish, shuningdek, tadbir haqida yangiliklarni tezkorlik bilan tarqatib borish maqsadida Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi tashkil etildi.

5 sentyabr kuni Matbuot markazi o`z faoliyatini rasman boshladi. Markazda zamonaviy kompyuter, yuqori tezlikka ega internet, wi-fi tarmog`i va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan.

Ayni paytda Matbuot markazida “Rossiya 1” telekanali, Turkiyaning TRT telekompaniyasi ijodkorlari, bundan tashqari 20 dan ortiq mahalliy OAV vakillari ish olib bormoqda.

Ma`lumot uchun aytib o`tish kerakki, jurnalistlarga ma`lumot olishda qulaylik yaratish maqsadida Anjumanning rasmiy www.maqomforum.uz sayti ishga tushirilgan. Ushbu saytdan tadbir haqida nafaqat eng so`nggi yangilik va ma`lumotlarni, balki foto va videomateriallarni ham olish mumkin.

Avvalroq, tadbir tashkilotchilari tomonidan Xalqaro maqom san`ati anjumanini xorij va mahalliy OAVda yoritish bo`yicha jurnalistlar o`rtasida tanlov e`lon qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Tanlov quyidagi yo`nalishlarda o`tkaziladi:

“Eng yaxshi selfi tasvir” – voqealar rivojini yoritib borishi uchun;

“Eng yaxshi foto lavha”lar – Anjumanning eng go`zal sahnalari aks etgan fototasvirlar uchun;

Eng yaxshi videorolik – tanlovning mohiyatini ochib beruvchi videotasvirlar uchun.

Eslatib o`tamiz, tanlov g`oliblarini tanlashda materiallarning son va sifatiga e`tibor qaratiladi. Tanlovga materiallar qabul qilish davom etmoqda.

Mahalliy OAV g`oliblariga pul mukofoti, xorij OAV vakillariga esa milliy qadriyatlarimiz aks etgan qimmatbaho esdalik sovg`alar taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish cheklanmagan. (Umumiy mukoft jamg`armasi 30 million so`mni tashkil etadi).

Yana bir narsani alohida qayd etib o`tish zarurki, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Anjuman tashkiliy qo`mitasi hamda Matbuot markazi tomonidan maqom san`ati ijrochilari hamda ushbu yo`nalishga qiziquvchilar o`rtasida maqomchallenge tanlovi o`tkazildi. Mazkur tanlovi nafaqat tajribali xonandalar, san`at ustalari, balki yurtdoshlarimiz tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videoroliklardan ham ko`rish mumkin. Ushbu tanlov g`oliblari Madaniyat vazirligi tomonidan aniqlanadi va qimmatbaho sovg`alar bilan mukofotlanadi.

Sharhlar

Maqom festivali Gran-prisini Tojikiston guruhi qo`lga kiritdi

11.09.2018, 11:37

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani yakunlandi, deb xabar qilmoqda UzA.Xalqaro anjumanning so`ngi kunida yopilish marosimi va turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi....
Madaniyat vaziri Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi (foto)

10.09.2018, 19:54

Bugun, 10 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Koto musiqiy asbobi ijrochisi Ivamoto Kyoke rahbarligidagi Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi.Uchrashuv nihoyatda samimiy va...
Maqom – butun dunyoda e`tirof etiladigan san`at

08.09.2018, 19:10

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan san`atshunos olimlar, mutaxassislar, xonanda va sozandalar, hukumat vakillari ishtirok etmoqda. O`zA muxbiri ularning...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1