AQShning Konnektikut shtatida bir yigit “arvohlarga o`q uzgani” uchun sudda javob beradigan bo`ldi, deya xabar berdi New York Post nashri.
22 yoshli Kristen Devo (Christain Devaux) o`z uyida arvohlar kelganini aytib, o`zini oqlamoqchi bo`lgan. Polisiya esa uni noqonuniy ravishda o`q uzganlikda ayblamoqda.
Endilikda Kristen 11 sentyabr kuni bo`lib o`tadigan sudda o`z “qilmishi” uchun javob berishi lozim.






