Hindistonda oyoq va qo`llarida oltita barmog`i bo`lgan bolakay ota-onasining omiligi tufayli maktabga borishdan mahrum bo`ldi, deb xabar bermoqda India Today nashri.
Gap shundaki, ota-onaning aqidasiga ko`ra, agar ular farzandlarini ma`budlarga qurbonlik qilishsa, boyib ketishar emish.
Bundan xabar topgan oilaning yaqinlari polisiya xabar bergan. Barabanki okrugi polisiya xodimi Umashankar Singx (Umashankar Singh) esa bolkayning ta`lim olishi uchun qo`lidan kelgan barcha choralarni ko`rishini bildirgan.






