Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaning Laval shahrida joylashgan Jyulya Renara kollejiga qilgan tashrifi chog`ida o`quvchilarga prezident bo`lish qiyinchiliklari haqida gapirib berdi, deb xabar qildi lenta.ru nashri.
Makron demokratik davlatda prezident uchun hech qanday imtiyoz yo`qligini, bir kun osonlik bilan o`tsa, ikkinchi juda og`ir bo`lishi mumkinligini, prezidentlik kasb emasligini ma`lum qildi.
Makronning prezidentlik haqidagi pozisiyasi o`zidan oldingi prezidentlar Fransua Olland va Nikolya Sarkozinikidan deyarli farq qilmaydi.






