Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida qiziq holat yuz berdi, deb xabar qilmoqda PFL direktori oʻrinbosari Diyor Imomxoʻjayev oʻzining Telegram kanalida.
PFL direktori o`rinbosari Diyor Imomxo`jaevning ma`lum qilishicha, «Sho`rtan» futbolchisi Uldona To`xtaeva o`yindan oldin o`zbekcha odatlardan biri bo`lgan "kelin salom"ni ijro qilgan.

Futbolchi bir hafta oldin turmushga chiqqan bo`lgan va shu tufayli, o`zbek urf-odatiga ko`ra, stadionda kelin salomini bergan.

"Sho`rtanchilar"ning 5:0 hisobidagi g`alabasi bilan tugagan o`yinda Uldona To`xtaeva bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan.






