Shri-Lankada minglab odamlar iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi o`z noroziliklarini bildirishmoqda, deb xabar bermoqda Layf nashri.
Kolombo shahrida odamlar moliya va mudofaa binolari atrofidagi barcha yo`llarni to`sib qo`yishgan. Hozircha polisiya ularga qarshi choralar ko`rganicha yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, namoyish ishtirokchilarining soni 15 mingga etgan. Shuningdek, ular bo`lib o`tishi rejalashtirilgan prezident saylovining kechiktirilishiga ham qarshi ekanliklarini bildirishmoqda.






