AQShning Yuta shtatida mayda baliqlar havoda “parvoz” etishdi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Yuta shtatidagi ekologiyasi notoza bo`lgan suv havzalarini mo``tadillashtirish maqsadida samolyot orqali gulmohi (forel)lar tashib borilgan. Samolyot havodaligida bort ochilib, baliqlar suv bilan birgalikda suv havzalariga tashlangan.
Ekologiyani barqarorlashtirishning ushbu usuli 1950 yildan beri qo`llanib kelinadi.






