AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`zbek milliy taomlarining ko`rgazmasi o`tkaziladi

'Qozog`istonda o`zbek milliy taomlarining ko`rgazmasi o`tkaziladi'ning rasmi

Ertaga, 8 sentyabr kuni Qozog`iston poytaxti Ostona shahrida o`zbek va qozoq milliy taomlari ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Mahalliy vaqt bilan 12.00 dan boshlanib 19.00 gacha davom etadigan ushbu gastronomik tadbir Qozog`istonda O`zbekiston yili munosabati bilan o`tkazilmoqda.

Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi ko`magida tashkil etilgan gastronomik tadbirning tantanali ochilishida O`zbekiston Respublikasining Qozog`istondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo`jaev ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda qozog`istonlik va o`zbekistonlik usta oshpazlarning mahorat darslarini o`tkazish rejalashtirilgan. Mehmonlar esa ikki mamlakatning milliy taomlari, tandirda yopilgan non-patirlardan bahramand bo`lishi mumkin. Ko`rgazmaga konsert dasturi hamrohlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar