1

Buxoroda farroshlik uchun 200 dollar so`ragan tibbiyot xodimlari qo`lga olindi

Jinoyat 08.09.2018, 19:30
Buxoroda farroshlik uchun 200 dollar so`ragan tibbiyot xodimlari qo`lga olindi

Ishga joylashtirishga va`da berib pul olgan tibbiyot xodimlari qo`lga tushdi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarga ko`ra, 5 sentyabr kuni fuqaro B.S Buxoro viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari S.G. va N.D.lar rahbariyat orqali uni Tibbiyot birlashmasining Bolalar bo`limiga farroshlikka ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Buxoro viloyati ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari S.G. va N.D.lar Kogon tumani Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo`limi xonasida ariza muallifi B.S.dan 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1