O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva Shanxay ayollar federasiyasi vise-prezidenti Lyu Sini qabul qildi.
Uchrashuv chog`ida tomonlar xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo`yiicha tajribalar almashdilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladilar.

T.Norboeva suhbat davomida ikki davlat o`rtasidagi madaniy-ma`rifiy, iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi. Shuningdek, xotin-qizlar qo`mitasi raisi shu paytgacha Shanxay ayollar federasiyasi o`rtasidagi hamkorlik faqatgina konferensiyalarda ishtirok etish bilan cheklanib qolayotganini aytib, endilikda o`zaro munosabatlar memorandum bilan mustahkamlanishini bildirdi. Shanxay ayollar federasiyasi shu vaqtgacha ayollarni ijtimoiy-siyosiy hayotda faollashuvi borasidagi tajribalarini o`zbek xotin-qizlari qo`mitasi bilan bo`lishib kelgan.
Ertaga Lyu Si xonim va delegasiya a`zolarining "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga, "Tadbirkor ayol" O`zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzolanishi kutilmokda.






