AsosiyJamiyat

Rossiyadagi YTHda halok bo`lgan fuqarolarning jasadi O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyadagi YTHda halok bo`lgan fuqarolarning jasadi O`zbekistonga olib kelindi 'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sog`liqni saqlash vazirliklaring hamkorlikdagi harakatlari natijasida 9 sentyabr kuni “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Moskva—Urganch yo`nalishi bo`yicha YTH oqibatida vafot etgan fuqarolar O`zbekistonga olib kelindi va dafn marosimini o`tkazish uchun yaqin qarindoshlariga topshirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

6 sentyabr kuni Rossiyaning Lipesk viloyati Dubrovskiy tumanida Toyota RAV4 mashinasi qarama-qarshi tomondan kelayotgan VAZ 2106 bilan to`qnashishi oqibatida VAZ avtomobili ichida bo`lgan 5 nafar o`zbekistonliklar vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Toyota mashinasi rulida bo`lgan davlat avtoinspeksiyasi xodimi og`ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar