AsosiyJamiyat

Buxoro viloyatida 2018 yilning 10-15 sentyabr kunlari “Yoshlar haftaligi” bo`lib o`tadi

'Buxoro viloyatida 2018 yilning 10-15 sentyabr kunlari “Yoshlar haftaligi” bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan mazkur haftalikda Buxoro viloyatining Kogon, Buxoro, Qorovulbozor, Shofirkon, G`ijduvon tumanlarida bir qator tadbirlar, ochiq muloqotlar, seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Yoshlar haftaligi” da O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi”, “Yoshlarga psixologik xizmat ko`rsatish markazi”, Yoshlar muammolarini o`rganish instituti, Respublika yosh ijodkorlar kengashi”vakillari ishtirok etadilar.

Haftalik doirasida notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo`yicha seminar, imkoniyati cheklangan bolalar bilan uchrashuv, ijodkorlar bilan uchrashuv va kitob taqdimotlari, maktab va ittifoq sardorlari uchun o`quv seminar, sport musobaqalari, notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo`yicha seminar, mexnat yarmarkalari o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar