AsosiyJamiyat

Uyidan «Mersedes»da chiqib ketgan toshkentlik yigit bedarak yo`qolgan

'Uyidan «Mersedes»da chiqib ketgan toshkentlik yigit bedarak yo`qolgan'ning rasmi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi Feruza Isroilova IIBga murojaat qilib, shu yil 2 sentyabr kuni o`g`li Bositxo`ja Baxodirov boshqaruvidagi, davlat raqami 01 V 808 VA bo`lgan “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinada uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.

B.Baxodirovni qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O`z o`rnida, fuqarolarimizda Bositxo`ja Baxodirov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar berishingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar