AsosiyMadaniyat

Maqom festivali Gran-prisini Tojikiston guruhi qo`lga kiritdi

'Maqom festivali Gran-prisini Tojikiston guruhi qo`lga kiritdi'ning rasmi

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani yakunlandi, deb xabar qilmoqda UzA.

Xalqaro anjumanning so`ngi kunida yopilish marosimi va turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Xalqaro hakamlar hay`ati “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg`u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominasiyasi bo`yicha baholadi.

Tunisning “Al Gharbi Twins”, Yaponiyaning “SPCP Japan” jamoalari va Turkmaniston vakili Suxonberdi Orazberdiev uchinchi o`ringa loyiq, deb topildi. Eronning “Nastar” ansambli va hindistonlik Ustad Iqbol Ahmat Xon ikkinchi o`ringa munosib ko`rildi.

Ozarbayjonning “Hayrati” jamoasi solisti Nigor Shabanova va O`zbekistonning “Saqil” ansambli birinchi o`ringa sazovor bo`ldi.

5-I o'rin Ozarbayjon.JPG

Nihoyat, hayajonli lahzalar. Hakamlar hay`ati xulosasiga ko`ra, Xalqaro maqom san`ati anjumanining bosh sovrini – Gran-pri Tojikiston maqom akademiyasiga berilgani e`lon qilindi.

G`olib va sovrindorlarga pul mukofotlari, shuningdek, anjumanning maxsus diplomi va esdalik sovg`alari taqdim etildi. Bundan tashqari, anjumanda ishtirok etgan barcha xorijiy mehmonlarga suvenir va maxsus sertifikatlar topshirildi.

11.JPG

Marosimda yurtimiz san`at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi hamda 3D proeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar