AsosiyJinoyat

10 million so`mdan ziyodroq pulni o`g`irlagan ayol ushlandi

'10 million so`mdan ziyodroq pulni o`g`irlagan ayol ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida katta miqdordagi pulni o`g`irlagan ayolning kirdikori oshkor etildi.

"Joriy yilning 8 sentyabr kuni Buvayda tumanida yashovchi U.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 25 avgust kuni noma`lum shaxs Farobiy ko`chasida joylashgan “Farobiy” savdo kompleksidagi do`kon rastasi tagida qarovsiz qoldirilgan ichida 10 mln. 200 ming so`m puli bo`lgan sumkasini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan", - deyilgan IIV xabarida.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi M.B. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar