1

Sherobodda nasha ekkan, Denovda marixuana sotayotgan shaxs ushlandi

Jinoyat 11.09.2018, 15:32
Sherobodda nasha ekkan, Denovda marixuana sotayotgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida o`tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri doirasida Sherobod tumanidagi Poshxurt mahallasida yashayotgan Jovbo`ri Chayirov (ism-shariflar o`zgartirildi)ning yashash uyi va tomorqasi xolislar ishtirokida tekshirildi.

Buni qarangki, poshxurtlik bu shaxs qonunga zid ravishda nasha giyohvandlik o`simligini ekib, parvarishlab kelayotgan ekan. Hovlidagi bog`da etishtirilayotgan ikki tup zahri qotil o`simligi hujjatlashtirib olindi, J.Chayirovga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

– O`tkazilayotgan tadbirlar chog`ida giyohvand moddalar savdosiga bog`liq shaxslar ham qo`lga tushib qolmoqda, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboev. – Masalan, Denov tumani Istiqbol mahallasida yashayotgan 31 yoshdagi Ma`ruf Sharipov Navro`z mahallasi hududida naqd 400 ming so`m pul evaziga mijozga bir dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddasini pullayotganida ushlandi. Sof vazni 5,29 gramm bo`lgan giyohvand modda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib, M.Sharipovga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi ochildi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1