Rossiyada Nexia va reys avtobusi to`qnashib ketishi oqibatida ikki nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi, yana bir nafari jarohat oldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston FVV.
"Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan birlamchi ma`lumotga asosan 2018 yilning 11 sentyabr kuni soat 07:15 (Moskva vaqti bilan)da Orlovsk viloyati Orlovsk tumani M-2 «Qrim» avtoyo`lining 322-kilometrida 403-yo`nalishda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobus (O 66 KU 57 RUS) bilan Daewoo Nexia rusumli engil avtomoblining (V 120 VA 116 RUS) to`qnashuvi sodir bo`lgan", deyilgan xabarda.
Yo`l-transport hodisasi natijasida voqea joyida Nexia avtomobilida bo`lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, dastlabki ma`lumotga asosan ular O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lishi mumkin.