AsosiyJamiyat

Rossiyaning Orlovsk viloyatidagi YTHda halok bo`lgan va jabrlangan o`zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi

'Rossiyaning Orlovsk viloyatidagi YTHda halok bo`lgan va jabrlangan o`zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Orlovsk viloyati Orlovsk tumani hududida sodir bo`lgan YTH oqibatida, avtomobilda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar berganimizdek, 2018 yilning 11 sentyabr kuni soat 07:15 da Orlovsk viloyati Orlovsk tumanining M-2 «Qrim» avtoyo`lining 322 kilometrida 403 marshrutda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobusi (O 66 KU 57 RUS) bilan «Nekciya» rusumli engil avtomobilining (V 120 VA 116 RUS) to`qnashuvi sodir bo`lgan.

Yo`l transport hodisasi natijasida voqea joyida «Neksiya» avtomobilida bo`lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi FVV, IIV TIV va Rossiya Federasiyasining FVV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida «Neksiya» rusumli avtotransportda bo`lgan fuqarolar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlandi.

Vafot etganlar:

  1. Rahmonov Moxmirza Oymirzaevich 1986 t. – Andijon viloyati, Izboskan tumani, Guliston Chek ko`chasi, 25-uyda istiqomat qilgan.
  2. Gazieva Malikaxon Xabibulaevna 1983 y.t. – Andijon shahri, Qo`shariq dahasi, 91-uy, 15-xonadonida istiqomat qilgan.

Vafot etganlar Msensk markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.

Jaroxatlangan:

1. Urinboev Komoliddin Muklimenovich 1989 y.t. – Andijon viloyati Jalaquduq tumani, Oq echki ko`chasida istiqomat qiladi («Neksiya» avtomobili haydovchisi) Msensk markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar