1

Toshkentda katta miqdorda pul o`g`irlagan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 12.09.2018, 12:10
Toshkentda katta miqdorda pul o`g`irlagan shaxslar qo`lga olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida shu yil 28 iyul kuni noma`lum shaxs Bunyodkor ko`chasi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumanida yashovchi Sh.B.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina salonidan 9 ming 575 AQSh dollarini o`g`irlangandi. Mazkur holat yuzasidan esa jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi Q.U. va muqaddam sudlangan U.U.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Qilmish-qidirmish, deganlaridek, o`g`irlik qilgan shaxslar endi qonun oldida javob beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1