AsosiyJamiyat

Osiyo taraqqiyot banki “O`zbekneftgaz” AJga korporativ rivojlanishda ko`mak ko`rsatishi mumkin

'Osiyo taraqqiyot banki “O`zbekneftgaz” AJga korporativ rivojlanishda ko`mak ko`rsatishi mumkin'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda Osiyo taraqqiyot bankining “O`zbekneftgaz” AJ faoliyatiga doir korporativ o`zgarishlarni amalga oshirishdagi yordami, “O`zbekiston Respublikasining gazni uzatish tizimini texnik qayta jihozlash, modernizasiya qilish va rivojlantirish dasturi”ni moliyalashtirishdagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Endilikda Osiyo taraqqiyot banki jalb qilgan neft-gaz sohasining mutaxassislari dunyoning etakchi neft-gaz kompaniyalari tajribasini o`rganib, tadqiqot olib boradi. Shu tariqa ilg`or tajriba o`rganilib, “O`zbekneftgaz” AJ tizimiga tatbiq etiladi.

03.jpg

Gaz-transport tarmoqlarini modernizasiya qilish bo`yicha loyihaning amalga oshirilishi Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi savdo aylanmasini oshirish imkonini beradi. Bu esa Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosidir.

Uchrashuv davomida loyihani moliyalashtirishdagi dastlabki shartlar e`lon qilindi. Eslatib o`tamiz, joriy yilning 5 aprelida ushbu loyiha bo`yicha zarur ma`lumotlarni almashish maqsadida tomonlar “Maxfiylik to`g`risidagi bitim”ni imzolagan edi.

    Boshqa yangiliklar