Yaponiyada suv toshqinlari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Tayfun tufayli daryolar o`zanidan toshgan. Poytaxt Tokio va uning atrofidagi shaharlarda vaziyat tobora jiddiy tus olmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, 1000 dan ortiq kishi uylarining tom qismida jon saqlashga majbur bo`lgan. Ayrim uylarni esa butunlay sel oqizib ketgan. Tashkilot va bank binolarining birinchi qavatlari suvga to`lib bormoqda.
Toshqindan tashqari ba`zi hududlarda shiddatli shamol esishini ham kuzatish mumkin. Bu esa elektr va shu kabi kommunal sohalar faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatyapti. Soha mutaxasissislari noqulay ob-havo kelasi haftada ham davom etishini xabar qilishgan.






