AsosiyJamiyat

Maktabda ta`tillarning muddatlari belgilandi

'Maktabda ta`tillarning muddatlari belgilandi'ning rasmi

Maktabda ta`tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

- kuzgi ta`til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

- qishki ta`til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

- bahorgi ta`til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

- yozgi ta`til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o`tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o`tkazilmaydigan sinflar uchun o`quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta`tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to`g`ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg`ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

I sinf o`quvchilari uchun fevral oyi davomida qo`shimcha bir haftalik ta`til belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar