Ayni paytda AQShda 50 million muhojir mavjud bo`lib, bu dunyodagi barcha muhojirlarning 20 foizini tashkil etadi. Ularning necha nafari O`zbekistonning sobiq fuqarolari?
Pew Research Center tadqiqot markazi ma`lumotlariga ko`ra, 2017 yilgacha AQShda 49,8 million nafar kishi boshqa mamlakatlarda tug`ilgan, deb yozmoqda O`zA.
Eng ko`pi meksikaliklar (12,7 million) sanaladi. Keyingi o`rinlarda xitoyliklar (2,4 million), hindular (2,3 million), filipinlar (2,1 million)...
O`zbekiston sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 4-o`rinda turadi. Ayni paytda AQShda 60 ming vatandoshimiz yashaydi.









