1

Toshkentda elektropoezd ayol kishini urib yubordi

Jinoyat 13.09.2018, 16:41
Toshkentda elektropoezd ayol kishini urib yubordi

Toshkentda elektropoezd temir yo`lni kesib o`tayotgan ayol kishini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

"2018 yil 13 sentyabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo-Ulug`bek tumani, Bog`ishamol ko`chasi, “Salar-Yalong`och” bekatlari oralig`ining 4-kilometr 9-piketida “Toshkent-Xo`jakent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoezd qulog`ida quloqchini bo`lgan holda temir yo`lni kesib o`tayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan va u olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan", - deyilgan xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1