AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasida Rossiya va Qozog`iston «Boing»lariga texnik xizmat ko`rsatilmoqda

Rossiyaning “VimAvia” aviakompaniyasi, Qozog`istonning “SCAT” yuk tashuvchi avia kompaniyalari Uzbekistan Airways Technicsning doimiy hamkorlaridan biri sanaladi. Ayni damda ular ana shu hamkorlikning yangi bosqichini amalga oshirmoqda. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati xabar beradi.

Endilikda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK tomonidan SCAT aviakompaniyasining “Boing 767-300” samolyotida A-check shaklidagi, VimAvia’ning “Boing 757” samolyotida esa C-check shaklidagi ta`mir ishlari olib boriladi.

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK bergan ma`lumotlarga ko`ra, Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasining ba`zi mijozlari bilan havo kemalariga xizmat ko`rsatish bo`yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzilgan, shu bilan birga doimiy ravishda qo`shimcha bitimlar ham imzolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar