Samarqand viloyati Ishtixon tumanida XVI asrga tegishli hind tangalaridan iborat xazina topildi. Xususiy uyning qurilishida g`isht quyish uchun chuqur qazish chog`ida ketmon er ostidagi qattiq bir jismga urilgan. Ushbu buyum sopol ko`za bo`lib chiqqan va zarb vaqtida ko`za maydalanib ketgan, ichidan esa metall tangalar sochilib ketgan. Bu haqda «Pravda Vostoka» gazetasi xabar beradi.
Olib borilgan dastlabki tadqiqot natijalariga ko`ra, ko`za ichidagi 206 dona tanga Hindistonning Lahor, Ahmadobod, Fahushpur shaharlarida 1573—1600 yillar oralig`ida zarb etilgan mis tangalar ekani ma`lum bo`lgan.
Ishtixon xazinasi paysa (chaqa)lardan iborat bo`lib, qiymati 3 rupiydan oshadi. Hindistonda ichki bozor uchun chiqarilgan tangalar O`zbekiston hududiga qanday kelib qolgani bo`yicha aniq izoh berilganicha yo`q.





